Peterburgda jinoyatchilar o‘zbekistonlik taksichini 4 kun asirlikda saqlab, pul talab qilishdi
Peterburg yaqinida o‘zbekistonlik shaxs va unga yordam bermoqchi bo‘lgan do‘sti million rubl olish ilinjida bo‘lgan jinoyatchilar tomonidan to‘rt kun davomida majburan ushlab turildi. Jinoyatchilar pul kelmasligini tushunib, ularni mustaqil ravishda pul topib kelishga jo‘natishdi va politsiya tomonidan qo‘lga olindilar.
«Fontanka»ga ma'lum bo‘lishicha, 3 iyun kuni taksi haydovchisi bo‘lgan 25 yoshli erkakni o‘g‘irlashda gumonlanib 30-52 yoshlar oralig‘idagi to‘rt shaxs qo‘lga olingan. Tergovchilarning fikricha, aynan ular bahorning so‘nggi kunlarida Lesnoy shohko‘chasiga taksi chaqirishgan, biroq xizmatdan foydalanish o‘rniga, haydovchini garovga olishgan. Erkakni mikroavtobusga kiritib, Kudrovoga olib ketishgan va yo‘q bo‘lgan qarz evaziga yarim million rubl talab qilishgan.
Garovdagi shaxs tanishidan yordam so‘ragan, ammo pul bilan kelgan do‘sti ham majburan ushlab turilgan, ozodlikka chiqish sharti esa o‘zgarishsiz qolgan. Garovdagi shaxs o‘z akasiga murojaat qilgan, biroq u ham yarim millionni topa olmadi, lekin ro‘y bergan voqea haqida politsiyani xabardor qildi.
Jinoyatchilar pullarni ololmagach, majburan ushlab turilgan ikki shaxsni pul topish va'dasi bilan qo‘yib yuborishgan. Biroq taksichining o‘rniga mikroavtobus yoniga politsiyachilar chiqishdi. To‘rt nafar gumonlanuvchi ikki sutkaga qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
08:50 / 27.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
13:30 / 21.10.2024
Sankt-Peterburgda UUA urib tushirilganidan keyin yuzlab uylar «svet»siz qoldi
19:09 / 16.08.2024