Jahon | 19:35 / 05.06.2018
24711
3 daqiqa o‘qiladi

Kichik Kennedi o‘ldirilganidan 50 yil o‘tib

50 yil muqaddam, 1968 yilning 5 iyun kuni, Los-Anjyelesda amerikalik senator, 1968 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod va undan besh yil avval o‘ldirilgan prezident Jon Kennedining kichik ukasi Robert «Bobbi» Kennedi otib tashlandi. Uning qotilligida ayblangan falastinlik muhojir Serxan Bishara Serxan o‘lim jazosiga hukm qilindi, keyinchalik jazo umrbod qamoqqa almashtirildi. Saylovlarda yakunda Respublikachilar partiyasidan nomzod Richard Nikson g‘alaba qozondi.

Shu bilan birga, Bobbi Kennedi nomzodini qora tanlilar fuqarolik huquqlari uchun harakat yetakchisi, 1968 yilning aprelida o‘ldirilgan Martin Lyuter King qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, siyosatchi Vetnamdagi urushga qarshi chiqqan. Uning va akasining o‘limi borasida fitna nazariyasi paydo bo‘lgan. Quyida Robert Kennedi tasvirlangan bir nechta arxiv kadrlar taqdim etiladi.

Senator Robert Kennedi prezidentlik kampaniyasi vaqtida Detroytda, 1968 yil 15 may

Foto: AP

Senator Robert Kennedi Los-Anjyelesdagi «Ambassador» mehmonxonasida o‘limidan biroz avval, 1968 yil 5 iyun

Foto: AP

Beva Etel Kennedi o‘g‘li kichik Robert va boshqa oila a'zolari bilan Robert Kennedining dafn marosimida, Nyu-York, 1968 yil 8 iyun

Foto: AP

Kaliforniya davlat kotibi Robert Kennedini o‘ldirishgan to‘pponcha bilan, Sakramentodagi matbuot anjumanida, 1988 yil apreli

Foto: Walt Zeboski/AP

Senator Robert Kennedining qotilligida gumonlanuvchi Serxan Bishara Serxan Los-Anjyelesda advokati bilan, 1968 yil iyuni

Foto: AP

Senator Robert Kennedi Oregon shtatidagi Astoriya sohil bo‘yida Freklz laqabli iti bilan, 1968 yilning 24 mayi

Foto: Barry Sweet/AP

Senator Robert Kennedi rafiqasi Etel va sakkiz nafar farzandi bilan Virginiya shtati, Maklindagi uyida, 1966 yil oktabri

Foto: AP

Senator Robert Kennedi o‘ldirilgan Los-Anjyelesdagi «Ambassador» mehmonxonasi, 1968 yil iyuni

Foto: AP

AQSh bosh prokurori Robert Kennedi Oq uyda, 1963 yil iyuni. Chapdan o‘ngga: Robert Kennedi, Martin Lyuter King, Roy Uilkins va Asa Filip Rendolf

Foto: Bob Schutz/AP

AQSh prezidenti Jon Kennedining oila a'zolari Virginiya shtati, Arlingtondagi dafn marosimida, 1963 yil noyabri. Chapdan o‘ngga: onasi Rouz, ukasi Robert va bevasi Jaklin

Foto: AP

Senator Robert Kennedi Missisipi shtatidagi Jekson aeroportida amerikalik marshallar mashinasida, 1967 yil apreli 

Foto: Jack Thornell/AP

Los-Anjyelesdagi «Ambassador» mehmonxonasi yo‘lagida senator Robert Kennedi o‘ldirilgan joydagi tergov harakatlari, 1968 yilning 5 iyuni

Foto: Dick Strobel/AP

 

Mavzuga oid