O‘zbekiston | 16:12 / 05.06.2018
7714
1 daqiqa o‘qiladi

Manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati ishga tushirildi - IIV

Foto: my.gov.uz

Manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3126-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmatini respublika miqyosida ishga tushirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV biometrik pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid