Jahon | 22:30 / 07.06.2018
7113
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 9 yil ichida 23 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan 

Foto: AP /Massoud Hossaini

Afg‘onistonda oxirgi 9 yil ichida to‘qnashuvlar oqibatida 23 mingdan ko‘proq tinch aholi halok bo‘lgan, 41 ming kishi yarador bo‘lgan. Bu haqda Afg‘onistonning inson huquqlari komissiyasi rahbari Sima Samar ma'lum qilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlardan 69,8 foizi teraktlar oqibatida halok bo‘lgan. Ulardan 7,5 foizini ayollar, 17,9 foizini bolalar tashkil qiladi. 

Samarning ta'kidlashicha, hukumat jabrlanganlarga tegishli e'tibor qaratmayapti. Uning aytishicha, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlovchi qonun loyihasini ishlab chiqish lozim.

Mavzuga oid