AGROHOUSE – dehqon va fermerlarning ishonchli hamkori!
So‘nggi vaqtlarda iqtisodiyotning turli sohalarida bo‘layotgani singari qishloq xo‘jaligida ham islohotlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Dehqonlar va fermerlarga yuqori daromad olishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir sa'y-harakatlar olib borilishi barobarida qishloq xo‘jaligi urug‘chiligiga ham jiddiy e'tibor berilmoqda. Elu-yurtda “Sara urug‘ — hosili bo‘lug‘”, degan maqol ham bejizga aytilmagan. Bu sara urug‘ yerga qadalsa, hosili ham mo‘l bo‘lishini anglatadi.
Tajribali dehqonlar va fermerlar albatta shu qoidaga amal qilgan holda sifatli urug‘larni yerga qadasa, albatta ko‘zlagan hosilini olishi shubhasiz. Bunda esa, bir necha yillardan beri sifatli urug‘ yetkazib berish sohasida faoliyat yuritib, bu sohaning past-balandini biluvchi AGROHOUSE kompaniyasi yordamga keladi.
AGROHOUSE kompaniyasi oliy navli, yuqori sifatli urug‘lar, o‘simliklarni turli zararkunanda, hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, o‘g‘itlar, o‘simliklar hosilini mo‘l qiluvchi va o‘stiruvchi stimulyatorlar yetkazib berish bilan shug‘ullanib keladi.
Bundan tashqari, kompaniya tomonidan taklif etiladigan, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan aksessuarlar va asbob-uskunalari dunyoning eng ilg‘or ishlab chiqaruvchilari tomonidan import qilinadi va mahalliy bozorlarga yetkazib beriladi.
AGROHOUSE faoliyatining dastlabki yillaridanoq sifat, innovatsion yondashuv va a'lo darajada xizmat ko‘rsatishni o‘z ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab olgan.
Kompaniya O‘zbekiston va Qozog‘iston fermer va dehqonlariga Gollandiyaning ENZA ZADEN, Vitalis Organic Seeds, TAKII Europe va Germaniyaning (Feltzaaten Fraydenberger) Feldsaaten Freudenberger Seeds kabi kompaniyalarining mahsulotlarini taklif etadi. Kompaniya sifatli urug‘lari bilan yaxshi tanilgan ENZA ZADEN firmasining O‘zbekistondagi distribyutori hisoblanadi.
AGROHOUSE, shuningdek sifatli sabzavot urug‘laridan tashqari, Yaponiya, Germaniya, AQSh, Shveytsariyadagi dunyoga dong‘i ketgan yirik kimyo majmualari ishlab chiqargan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ham taklif etadi.
Kompaniya tomonidan yetkazib beriladigan oliy sifatli o‘g‘itlar va stimulyatorlarni Germaniya va Ispaniyaning mashhur kompaniyalari ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Shvetsiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya davlatlarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi anjomlari va o‘lchash asboblarini taklif etadi.
Shu bilan birga, kompaniyaning tajribali mutaxassislari, fermerlar va dehqonlarga malakali konsalting xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Har bir ekin bo‘yicha, ularga qanday ishlov berishdan tortib, toki urug‘ qadaladigan yerni tayyorlashgacha bo‘lgan barcha amaliy va zaruriy maslahatlar mutaxassislar tomonidan berib boriladi.
Qolaversa, AGROHOUSE yilda uch marotaba, bahor, yoz va kuzgi mavsumlarda urug‘larni saralash bo‘yicha seminar ham tashkil etadi. Unda ishtirok etuvchi fermerlar o‘zlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish barobarida, AGROHOUSE O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tgan va yangi taklif etilayotgan urug‘larni saralashda bevosita o‘z fikrlari bilan ishtirok etadi.
Shu kunlarda kompaniya o‘z an'anasiga sodiq qolgan holda bahorgi seminarini o‘tkazdi. Unda ko‘plab dehqon va fermerlar ishtirok etishdi. Ularning e'tiboriga yangi urug‘lardan unib, hosil berayotgan pomidor, bodring va boshqa sabzavot ekinlari havola etildi.
Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri kompaniyaning seminarga kelgan mijozlarining fikriga qiziqdi.
Ularning aytishicha, aynan AGROHOUSE bilan hamkorlik qilishlarining sababi shuki, bu kompaniya mahsulotlarining oliy sifati va yuqori hosildorlikning ta'minlanganligidir. Nafaqat bir-ikki yil, balki bir necha yil mobaynida bir xil urug‘ olib ekilsa ham, zaruriy agrotexnik ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, ko‘zlangan hosilni olish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, AGROHOUSE O‘zbekistonda suvdan foydalanishning samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumat qarorlari ijrosini ta'minlash, bu borada dehqon-fermerlarga amaliy yordam berish, mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirish va sanoatda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish vositasidaa texnologik jarayonlarni yangilash maqsadida ECO DRIP LUX mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik qilib keladi.
Kompaniya hamkor firma bilan birgalikda hozirgi vaqtda eng dolzarb bo‘lgan intensiv bog‘lar uchun soya qiluvchi to‘rlar, shpalerlar, iplar, ko‘chat yetishtirish uchun kassetalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, sabzavotlar, gullar va mevali ekinlarni tomchilatib sug‘orish bo‘yicha yangi texnologiyali tizimlarni taklif etmoqda.
AGROHOUSE firma do‘kon manzili:
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
Hasanboy QFY, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li yoqasida
Tel: +99871 220-68-68
+99871 220-68-26
+99893 541-41-41
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024