Sport | 09:06 / 10.06.2018
7070
1 daqiqa o‘qiladi

Simona Xalep “Rolan Garros”da ilk bor g‘olib bo‘ldi 

Foto: Getty Images

Dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi, ruminiyalik Simona Xalep o‘z faoliyatida ilk bor Fransiya ochiq chempionati – “Rolan Garros”da g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Xalep “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqa olgan.

Xalep finalda AQSh vakili Sloan Stivensni 3:6, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan.

O‘tgan yil ham Xalep ushbu musobaqaning finaliga chiqa olgandi, biroq latviyalik Yelena Ostapenkoga yutqazgandi.

Bungacha tennis tarixida faqatgina bir ruminiyalik tennischi “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqa olgan: 1978 yilda Virjiniya Rujichi ham Fransiya ochiq chempionatida zafar quchgandi.

Erkaklar o‘rtasida final bahsida Dominik Tim va “Rolan Garros”ning 10 karra g‘olibi Rafael Nadal uchrashadi.

Mavzuga oid