Jamiyat | 09:51 / 11.06.2018
7692
1 daqiqa o‘qiladi

“Damas” uchun qalbaki shartnoma tayyorlab, 500 dollar va 61 mln so‘m olgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, uning davomida fuqaro B. fuqaro Yo.ga “Damas Labo” rusumli avtomashinani “TOSHKENTDEU” avtosalonidan olib berishni va'da qilib, o‘g‘li X. nomiga rasmiylashtirilgan qalbaki shartnomani tayyorlab berib, 500 AQSh dollari va 61 mln. 500 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid