Iroqdagi fuqarolik urushi qurbonlari soni 80 foizga qisqardi
Iroqda fuqarolik urushi natijasida halok bo‘lgan kishilar soni yil boshidan buyon sezilarli ravishda qisqardi. DailySabah'da keltirilishicha, bunga asosan IShID terrorchi guruhi inqirozi sabab bo‘lgan.
Shu haftada BMT missiyasi xodimlari tomonidan Iroqqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan hisob-kitoblarda 2018 yilning ilk besh oyida halok bo‘lganlar soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 80 foizga qisqargani qayd etilgan.
Jumladan, joriy 2018 yil boshidan buyon 477 iroqlik halok bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilning ilk besh oyida ularning soni 2014 nafarni tashkil qilgan, bu ko‘rsatkichlarning bir yilda 76,3 foizga qisqarganini ko‘rsatadi.
Xuddi shu davrda jarohatlanganlar soni ham 2977 nafardan 939 nafarga kamaygan va 68,4 foizlik pasayishni namoyish etgan.
Fuqarolarning siyosiy va diniy zo‘ravonlik natijasidagi o‘lim ko‘rsatkichlari ilk besh oyda 7708 nafardan 1818 nafarga kamaydi va 76,4 foizni tashkil qildi.
May oyida Iroq juddiy talofatlarsiz parlament saylovlarini o‘tkazdi. May oyi o‘rtasida boshlangan muqaddas Ramazon oyi shu kunga qadar jiddiy hodisalarsiz davom etmoqda. O‘tgan yillarda esa bu davr halokatli hujumlarga boy bo‘lgan, deyiladi manbada.
Ta'kidlash joizki, Iroq dekabr oyida IShID ustidan g‘alaba qozonilgani haqida e'lon qilgan.
Mavzuga oid
13:24
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
08:10 / 10.12.2024