O‘zbekiston | 11:11 / 12.06.2018
9745
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat Toshkentdagi ikkita stomatologiya klinikasini sotmoqda

Foto: privatization.gkk.uz

Davlat raqobat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, davlat Toshkentdagi ikkita stomatologiya klinikasini sotmoqda.

«Toshkent shahar 2-son stomatologiya poliklinikasi» davlat unitar korxonasi va «4-stomatologiya poliklinikasi» davlat unitar korxonasi bino hamda inshootlari sotuvga qo‘yilgan, deb yozmoqda Spot.

Birinchi obekt Olmazor tumani, Qoraqamish mavzesi 2/4da joylashgan. Egallangan maydon - 0,40 gektar, binolarning maydoni - 1,4 ming kvadrat metr. Narxi 6,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ikkinchi obekt esa Yashnobod tumani Karimov ko‘chasida joylashgan. Egallangan maydon 0,14 ga, binolar maydoni - 1 ming kvadrat metr. Narxi - 4,9 mlrd so‘m.

Mavzuga oid