Jahon | 09:49 / 14.06.2018
35953
1 daqiqa o‘qiladi

FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 14-15 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar bermoqda.

Ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat), 15 iyun kuni shamol tezligi 20 m/s (72 km/soat)gacha kuchayishi, joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi kutiladi.

«Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonidagi sel haqida rasmiy ma'lumot berilgandi.

Mavzuga oid