JCh-2018. Salohsiz o‘ynagan Misr Urugvayga yutqazdi
Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.
«A» guruhida Misr va Urugvay terma jamoalari bellashdi. Keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan bahsning so‘nggi daqiqalarigacha tabloda nollar saqlanib turdi.
Biroq, 90-daqiqada urugvayliklar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachi Ximenes raqib darvozasiga aniq yo‘lladi.
Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh bu o‘yinda maydonga tushirilmadi.
Natijada, dastlabki turdan so‘ng, «A» guruhida Rossiya va Urugvay 3 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi.
JCh-2018. «A» guruhi
Misr – Urugvay - 0:1
15 iyun, «Yekaterinburg-Arena»
Gol: 0:1 – 90 Ximenes.
Misr – El-Shenavi, Jabr, Abdel-Shafiy, Fatxiy, Xijoziy, El-Nenni, Xamid (Mursiy, 50), El-Said, Uarda (Subxiy, 82), Trezege, Muxsin (Qaxrabo, 63).
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Nandes (Sanches, 58), Bentankur, Vesino (Torreyra, 87), de Arraskaeta (Rodriges, 59), Suares, Kavani.
Mavzuga oid
00:20 / 02.01.2025
Misr Yevropa Ittifoqidan 1 mlrd yevrolik birinchi transhni qabul qilib oldi
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
14:08 / 28.11.2024