Jamiyat | 23:52 / 19.06.2018
38088
1 daqiqa o‘qiladi

Paragvaylik yigit o‘z dafn marosimida paydo bo‘ldi

Foto: CEN

Paragvayda bir yigit bir necha kundan keyin uyga qaytgach, o‘z dafn marosimi ustidan chiqdi. Bu haqda The Mirror nashri ma'lum qildi

20 yoshli Xuan Penayo bir necha kunga bedarak yo‘qolgan. Mahalliy politsiya bu orada yoqib yuborilgan jasad qoldiqlarini aniqlagan va yigitning oila a'zolari jasadni uniki deb qabul qilgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, yigit yashaydigan hududda Braziliya bilan chegarada nazorat pastligi sababli jinoyatchilik avj olgan bo‘lib, yigitning bunday “o‘lim topishi” yaqinlariga g‘ayritabiiy ko‘rinmagan.    

Politsiya jasadni yigitning oilasiga topshirgach, uning dafn marosimi tashkillashtirilgan. Biroq yigit dafn marosimi o‘tayotgan vaqtda uyiga qaytib, yaqinlarini ham xursand qilgan, ham qo‘rqitib yuborgan.

Yigit bu orada qayerda bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid