Sport | 03:51 / 19.06.2018
14477
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga tegishli samolyot dvigateli qush sababli ishdan chiqqan

Foto: Twitter/AhmedMashaly24

Saudiya Arabistoni terma jamoasi Rostov-Donga uchgan samolyot dvigateli qushning urilishi sababli ishdan chiqqan. Bu haqda "Rossiya" aviakompaniyasi "Chempionat" nashriga ma'lum qilgan. 

"Qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rayotgan FV1007 reysidagi Sankt-Peterburgdan Rostov-Donga uchayotgan A319 samolyotining dvigatellaridan biri dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qushning urilishi sababli ishdan chiqqan. Samolyot 2ta ishlab turgan dvigatelda qo‘nishni amalga oshirgan. Hozirgi vaqtda samolyot holat o‘rganilgunga qadar parvozlardan chetlashtirilgan. Yo‘lovchilarga hech narsa xavf solmagan. 

Layner odatdagi rejimda qo‘nishni amalga oshirgan. Qo‘nish vaqtida Rostov-Don aeroportida trevoga e'lon qilinmagan. Yong‘in haqidagi ma'lumotlar haqiqatdan yiroq", – deyiladi aviakompaniya xabarida. 

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 20 iyun kuni Rostov-na-Donuda jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Urugvayga qarshi maydonga tushadi. 

Mavzuga oid