Sport | 22:00 / 19.06.2018
8171
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Polshaning qo‘pol xatolari Senegalga g‘alaba keltirdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

N guruhida Polsha va Senegal terma jamoalari bellashdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda afrikaliklar raqib xatolaridan unumli foydalanib qolishdi.

38-daqiqada Guyye tomonidan jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarbadan so‘ng, to‘p himoyachi Chonek oyog‘iga tegdi va yo‘nalishini o‘zgartirib, darvoza to‘ridan joy oldi. Darvozabon Shchensni bu vaziyatda ojiz edi.

60-daqiqada Krixovyak to‘pni o‘z darvozaboniga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Nyang chaqqonlik bilan uni egallab olib, posbonni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin yakunlanishiga oz vaqt qolganida Krixovyak jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni qisqartirdi. Biroq, Polsha undan ortig‘iga ojiz edi.

JCh-2018, N guruhi
Polsha – Senegal 1:2 
19 iyun, Moskva, «Otkritiye Arena» 
Gollar: 0:1 – 37, avtogol Chonek, 0:2 – 60 Nyang, 1:2 – 86 Krixovyak. 
Polsha – Shchensni, Chonek, Pazdan, Pishchek (Bereshinski, 83), Ribus, Blashchikovski (Bednarek, 46), Zelinski, Krixovyak, Grositski, Milik (Kovnatski, 73), Levandovski.
Senegal – Ndiay, Sane, Sabali, Vage, Kulibali, Guyye, Ndiayye (Kuyate, 87), Sarr, Mane, Nyang (Konate, 75), Diuf (Ndoyye, 62).
Ogohlantirishlar: Krixovyak (12), Sane (49), Guyye (72).

Mavzuga oid