Jahon | 23:56 / 20.06.2018
3659
2 daqiqa o‘qiladi

Walt Disney kompaniyasi 21st Century Fox bo‘yicha bitim qiymatini 71 mlrd dollargacha oshirdi 

Foto: Flickr / architekt2

Walt Disney kompaniyasi 21st Century Fox kompaniyasi bilan uning bir qator yo‘nalishlari, jumladan kino va televizion studiyalar, kabel operatsiyalari aktivlarini sotib olish bo‘yicha bitimga o‘zgartirish kiritib, uning qiymatini 30 foizga, ya'ni 71 mlrd dollargacha oshirdi. 

Disney Fox aksiyadorlariga aktivlari uchun taklif qilayotgan qiymat bir aksiya uchun 38 dollargacha oshirilgan. Bu esa dastlabki taklifdan 10 dollar va Comcast mediakompaniyasi taklifidan 3 dollarga qimmat hisoblanadi.

Bundan tashqari, Fox aksiyadorlari ko‘rsatilgan qiymatni pul yoki Disney aksiyalari ko‘rinishida olishni tanlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Mediakompaniyalarning birlashishi tarixida eng yiriklaridan bo‘ladigan va Gollivudning ikkita yetakchi kompaniyasini birlashtiradigan ushbu bitim mediatarmoqni tubdan o‘zgartirishi va Disney’ga internet-servislar, jumladan Netflix’ga raqobat tashkil qilishda yordam beradi.

Disney Fox aktivlarini xarid qilib, “X-odamlar” (X-Men), “Avatar” (Avatar) va “Simpsonlar” (The Simpsons) kabi franshizalarga huquqni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, kompaniya aktivlari portfelidan FX Networks va National Geographic telekanallari joy oladi.  

Bitim evaziga Disney’ning AQShdan tashqaridagi ishtiroki Sky britan kanalining 39 foiz ulushini olish hisobiga ancha oshadi. Sky Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Avstriya va Italiyada 23 mln obunachiga ega. 

Mavzuga oid