Sport | 10:00 / 21.06.2018
7282
2 daqiqa o‘qiladi

Saloh terma jamoani tark etayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Misr futbol federatsiyasi (EFA) bilan tortishib qolgani va ikkinchi tur o‘yinidan keyinoq Rossiyadan ketishga hozirlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on.

Terma jamoa Rossiyaga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotgach, Saloh va terma jamoa o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi. Futbolchining o‘zi bunday xabarlarga munosabat bildirdi.

«Misr terma jamoasida barcha birdam, men va rahbariyat o‘rtasida muammo yo‘q. Biz barchamiz bir-birimizni hurmat qilamiz, munosabatlarimiz a'lo darajada», – deya yozgan Saloh tvitterida.

Bundan avvalroq Egypt Today nashri, Saloh misrlik futbol amaldorlari bilan tortishib qolganidan keyin jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabar tarqatgandi.

Xabarda Saloh EFA terma jamoaning yig‘inlariga yuzlab misrlik tadbirkorlar, artistlar va shou-biznes yulduzlarini taklif qilgani, bu esa futbolchilarga tayyorgarlik jarayonida xalaqit berganidan norozi bo‘lgani aytilgandi

Mavzuga oid