Jahon | 16:20 / 22.06.2018
12306
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng kuchli dengiz zambaragi qaysi davlatda paydo bo‘lishi ma'lum

Harbiy kema-tashuvchida o‘rnatilgan, dengizda joylashtiriluvchi elektromagnit relsli zambarak Xitoy harbiy-dengiz kuchlari arsenalida 2025 yilda paydo bo‘lishi kerak. Bu haqda CNBC AQSh razvedkasi hisobotiga asosan xabar berdi.

Xitoy hozirgi vaqtda qurolni sinovdan o‘tkazmoqda. Unda snaryadlarni harakatlantirish uchun poroxning o‘rniga elektromagnit maydon energiyasi qo‘llaniladi. Bunday relsli zambarak 90 soniya ichida 200 kilometrdan ortiq bo‘lgan masofadagi obektga zarba berishi mumkin, deyiladi hisobotda. Ta'kidlanishicha, dunyodagi eng qudratli bu harbiy-dengiz zambaragi 2025 yilga kelib urushda foydalanish uchun yaroqli bo‘ladi.

AQSh maxsus xizmatlari taxminiga ko‘ra, bunday qurolda ishlatiluvchi patronlarning har biri 25 mingdan 50 ming dollargacha turadi.

Mavzuga oid