Sport | 01:42 / 22.06.2018
29116
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Xorvatiya Argentinani yirik hisobda yengib, pley-offga chiqdi

Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati D guruhining 2-turi doirasida Argentina bilan kuch sinashdi. Nijnem Novgorodda kechgan o‘yin Xorvatiyaning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0.

O‘yinning 53-daqiqasida Rebich hisobni ochdi. 80-daqiqada Modrich uzoq masofadan gol kiritib, farqni oshirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shilgan ilk daqiqada Rakitich ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib, jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta'minladi. 

Shu tariqa Xorvatiya terma jamoasi musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qayd etib, pley-offga chiqdi. Argentina esa 2-turdan keyin 1 ochko to‘plagan va guruh bosqichida qolib ketishi mumkin.  

D guruhi. 2-tur

Argentina – Xorvatiya 0:3 (0:0)

Gollar: Rebich, 53; Modrich, 80; Rakitich, 90+1
Argentina: Kabalero, Otamendi, Merkado, Talyafiko, Maskerano, Peres (Dibala, 68), Salvio (Pavon, 56), Mesa, Akunya, Messi, Aguero (Iguain, 54)
Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich (Kovachich, 82), Rakitich, Rebich (Kramarich, 57), Manjukich (Chorluka, 90+2)
Ogohlantirishlar: Rebich (39), Merkado (51), Manjukich (58), Vrsalko (67), Otamendi (85), Akunya (87), Brozovich (90+4)

Mavzuga oid