O‘zbekiston | 15:50 / 25.06.2018
8994
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni 2 milliondan oshdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni 2 milliondan oshdi - jami 2 021 785 murojaat. Ulardan 1 964 123tasi ko‘rib chiqildi. Bundan pm.gov.uz saytidagi ma'lumotlar darak beryapti.

Mamlakatimiz uchun yangi, noyob davlat rahbari Virtual qabulxonasi 2016 yil sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan. O‘shandan beri u xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli muloqot o‘rnatishda muhim rol o‘ynadi.

Ushbu tashabbus tufayli fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortdi, ko‘p yillik muammolar hal qilindi. G‘oya prezident ko‘rsatmasi bilan har bir tuman va shahar, mintaqada tashkil etilgan xalq qabulxonalari bilan davom ettirildi. Sayyor qabullar muntazam ko‘rinish oldi, ularning davomida xalqning qonuniy talablari qoniqtirilmoqda.

Virtual qabulxonaning o‘zi ham odamlarga yaqinlashish maqsadida doimiy tarzda yaxshilanyapti. Fevral oyidan beri uning yangi versiyasi ishlamoqda. Yangilangan portal orqali vazirlik va idorlarning rahbarlariga murojaat qilish, onlayn maslahat olish va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin. 

Mavzuga oid