Light | 04:09 / 27.06.2018
87247
3 daqiqa o‘qiladi

Ehtiyot bo‘ling, arilar! Ari chaqqanda birinchi yordam

Foto: Getty Images

Ari chaqishi juda kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi va agar sizning organizmingizda ari zahriga allergik reaksiyaga moyillik bo‘lsa, ari chaqishi hatto halokatli yakun topishi ham mumkin.

Ari chaqishi xavfini chetlab o‘tish uchun Ye immunoglobuliniga tahlil topshirish kerak. Allergiyadan aziyat chekuvchi kishilar darhol shu tahlilni topshirishlari kerak bo‘ladi.

Allergiyaga moyil kishi organizmining ari chaqishiga reaksiyasi qanday?

Ari zahri inson organizmiga tushganida Ye immunoglobulinini o‘z ichiga olgan yog‘ hujayralarini serotonin, gistamin va anafilaktik shok keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar ishlab chiqarishga majbur qiladi.

Anafilaktik reaksiyaning rivojlanish belgilari:

·      ari chaqqanidan keyin havo yetishmaslik hissi paydo bo‘ladi;

·      ari chaqqanidan keyin og‘izda sanchiqli og‘riq turadi;

·      ari chaqqanidan keyin katta shishlar yuzaga keladi.

Foto: Depositphotos

Ari chaqqanda birinchi yordam

·      Ari jarohatda nishini qoldirmaydi va u bir necha martagacha chaqishi mumkin. Takroriy chaqishlarda zahar miqdori kamayadi, lekin allergik reaksiya paydo bo‘lishi uchun shuning o‘zi yetarli;

·      Nish jarohatda qolgan bo‘lsa, uni olish kerak bo‘ladi - buning uchun pinset yoki pichoq uchidan foydalaning;

·      Jarohat joyiga vodorod perekisini quying, shish xavfi pasayishi uchun - muz qo‘ying;

·      Darhol antigistamin va gormonal preparatni qabul qiling.

Bu muhim: ari chaqishi natijasida allergiyaga moyil kishilar o‘z yonlarida adrenalinli shprits va gormonal maz olib yurishlari kerak. Ari chaqishi bilan allergiyaga moyil kishiga adrenalin inʼeksiyasini yo‘llash kerak - bu bilan siz allergiyaning rivojlanishini ogohlantirasiz va bir inson hayotini saqlab qolasiz.

Foto: Getty Images

Arining qaysi turi chaqishi allergiyadan aziyat chekuvchi kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega emas - allergiyadan aziyat chekuvchi kishi uchun bari xavfli.

Ari bir necha marta chaqishi mumkin va bu bilan u halok bo‘lmaydi. Asalari esa chaqqanidan keyin nishini jarohatda qoldirib, halok bo‘ladi.

Mavzuga oid