Jahon | 13:10 / 27.06.2018
8691
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda 11 kishi kuydirgi bilan kasalxonaga yotqizildi

Foto: RIA Novosti

Qirg‘izistonda o‘n bir kishi kuydirgi kasalligi bilan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Jani-Akman qishlog‘ida yashovchilar kasallangan hayvon sabab kuydirgini yuqtirib olgan.

Ta'kidlanishicha, ularning ahvoli qoniqarli, tegishli davolash muolajalaridan o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, kasallikning «klinik» holati tasdiqlandi, biroq kuydirgiga olingan laboratoriya tahlillari tasdiqlash jarayonida turibdi.

Mavzuga oid