Putin va Tramp uchrashuvi borasida bayonot berildi
Moskva va Vashington Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi borasida kelishuvga erishdi. Rossiya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov shu haqida ma'lum qildi.
"Bu masala anchadan beri muhokamada edi, u yopiq kanallar orqali muhokama qilinmoqda. Shuni aytishim mumkinki, sammitni o‘tkazish va hatto uning vaqt va o‘tkazilish joyiga doir kelishuvga ham erishildi. Bu haqida biz ertaga amerikalik hamkasblarimiz bilan birgalikda e'lon qilamiz", - dedi u jurnalistlarga.
Ushakov uchrashuv uchinchi mamlakatda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritdi.
Yakshanba kuni Avstriyaning Kronen Zeitung gazetasida sammit o‘tkaziladigan joy Vena bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi. Keyinroq Politico nashri xabardor manbalariga tayanib, uchrashuv Xelsinkida o‘tishi mumkinligini ma'lum qildi.
Moskva va Vashington hozircha bu masalaga oydinlik kiritmadi.
Ta'kidlash joizki, Putin va Tramp ikki marta shaxsan uchrashishgan. 2017 yilning iyulida Hamburgdagi G20 sammiti doirasida prezidentlar to‘laqonli muzokaralar o‘tkazishgan edi, ular ikki tomonlama munosabatlar, Suriya va Ukrainadagi vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishgan.
Noyabr oyida Putin va Tramp Danangdagi "ATES" sammitida muloqot qilishgandi. Uchrashuv davomida ular Suriya bo‘yicha qo‘shma bayonot berishgan. Shundan so‘ng yetakchilar bir necha marta telefon orqali suhbatlashishgan.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024