Sport | 19:25 / 28.06.2018
98547
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash futbol federatsiyasi Ravshan Ermatov ustidan FIFAga shikoyat qildi

Marokash futbol federatsiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoga maktub yo‘llab, unda JCh-2018 guruh bosqichining Ispaniya va Portugaliyaga qarshi kechgan 2- va 3-tur o‘yinlarini boshqargan hakamlar faoliyatiga salbiy baho berdi.

Foto: Attila KISBENEDEK / AFP

«V» guruhida 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolgan marokashliklarning maktubidagi shikoyatlar VAR videokuzatuv tizimi tahlillari orqali asoslantirilgan. Xatda hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ro‘yxati ham keltirib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Marokash (1:0) uchrashuvini amerikalik referi Mark Geyger, Ispaniya – Marokash (2:2) bahsini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi.

Mavzuga oid