Jamiyat | 08:34 / 02.07.2018
11088
1 daqiqa o‘qiladi

London hayvonot bog‘ida hayvonlarni issiqdan saqlashning noodatiy usuli qo‘llanmoqda (video)

London hayvonot bog‘ida hayvonlarni issiq havodan saqlash uchun ularga noodatiy muzqaymoq berishga qaror qilindi.

Shirinlik turli qo‘shimchalardan iborat sharbatdan tayyorlangan muz bo‘laklari ko‘rinishida bo‘lib, unda shakar yo‘q. Misol uchun, gorilla va saymiri maymunlariga urug‘lar, yong‘oq va no‘xat qo‘shilgan muzqaymoq berilmoqda.

Videoda shirinlik hayvonlarga juda xush kelayotganining guvohi bo‘lishingiz mumkin.

Mavzuga oid