Jahon | 13:49 / 03.07.2018
8257
1 daqiqa o‘qiladi

HTC 1500 xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Foto: AFP

HTC smartfonlar ishlab chiqaruvchisi sentabr oyi oxiriga borib Tayvandagi 1500 xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyada 6 450 kishi ishlaydi. Kompaniya ishchi o‘rinlarini qisqartirish orqali sotuvlar pasayishi fonida xarajatlarni optimallashtirmoqchi. 

Ta'kidlash joizki, aprel oyida sotuvlar yillik miqdorda - 55,5 foizga, martda esa 46,7 foizga  tushib ketgandi. 

Bundan avval HTC yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi bo‘lib o‘z qurilmalarida keng tarqalgan reyestrlar tizimi (blokcheyn)ni joriy qilgandi. Yangi qurilma Exodus nomini oldi, u joriy yilning oxirida sotuvga chiqishi kerak. Bu lineykadagi har bir smartfon mobil hamyon bo‘lib, unda kriptovalyutalarni saqlash mumkin. 

Mavzuga oid