Fan-texnika | 23:34 / 03.07.2018
6744
1 daqiqa o‘qiladi

Meizu orqa panelida qo‘shimcha ekran bo‘lgan smartfon chiqardi

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Meizu kompaniyasining yangi ishlanmalari chizmalari paydo bo‘ldi. Ko‘rinishicha, bu chizmalar kompaniyaning patent arizalaridan olingan.  

Eskizlardan birida yaqin orada chiqarilishi kutilayotgan Meizu 16 modelini eslatuvchi ramkasiz smartfon ko‘rsatilgan. Yana bir smartfonning ramkasi yo‘g‘onroq bo‘lib, unda o‘ziga xos jihat – qo‘shimcha displey bor. 

Foto: gagadget.com

Qo‘shimcha displey smartfonning orqa panelida qo‘sh kamera yonida joylashgan. Smartfon dizayni bo‘yicha o‘tgan yil chiqqan ikki displeyli Meizu Pro 7’dan farq qiladi. Shu bilan birga kompaniya Meizu Pro 7 muvaffaqiyat qozonmaganini tan olgan: ikki displeyli smartfon foydalanuvchilar orasida ommalashmagan.

Mavzuga oid