Jahon | 17:08 / 03.07.2018
4677
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya korporatsiyasi sayyohlarga ochiq fazoga chiqishni taklif etishi mumkin

Rossiyaning "Energiya" raketa-kosmik korporatsiyasi kelgusida fazoviy sayyohlarga ochiq fazoga chiqishni taklif etish g‘oyasini rad etishmayapti. Bu Xalqaro fazo stansiyasining Rossiya bo‘limidan amalga oshiriladi, deyiladi korporatsiyaning yillik hisobotida. 

Foto: "Energiya" raketa-kosmik korporatsiyasi

"Qo‘shimcha taklif sifatida ekipaj a'zolarining ochiq fazoga chiqish imkoniyati ko‘rib chiqildi", — deyiladi hujjatda. 

"Energiya" buning uchun XKSning Rossiya bo‘limini qo‘shimcha, faqat fazoviy sayyohlar uchun mo‘ljallangan NEM-2 moduli bilan jihozlashni taklif etmoqda. U 4ta bo‘lmadan iborat bo‘lib, 2ta illyuminator, 2ta hojatxona va planshetlar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari Wi-Fi tarmog‘i bo‘ladi.

Foto: "Energiya" raketa-kosmik korporatsiyasi
Foto: "Energiya" raketa-kosmik korporatsiyasi

Mavzuga oid