Jahon | 08:42 / 03.07.2018
8039
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Uzoq sharqida bir kunda 100 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketdi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov

Rossiyaning Uzoq sharq mintaqalarida bir kecha-kunduzda 106 ming gektardan ortiq o‘rmonning kuli ko‘kka sovurildi. Uning katta qismi Yoqutistonga to‘g‘ri keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bungacha 30 ming gektar o‘rmon yonib ketgan edi. 

"Shu kunlarda Uzoq sharq federal okrugida 6ta yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Umuman, mintaqa o‘rmonlarida 94 yong‘in o‘chog‘i mavjud. Shundan 73tasi Saxa respublikasida, 12tasi Magadan viloyatida, qolgani Kamchatka o‘lkasi, Chukotka AO va Xabarov o‘lkasidadir. O‘t o‘chiruvchilar sa'y-harakatlari bilan 9tasi bartaraf etildi", — deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid