Jahon | 15:58 / 03.07.2018
14924
2 daqiqa o‘qiladi

Uran nima uchun “yotiq” holda aylanishi taxmin qilindi

Foto: Dreamstime

Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralardan biri –Uran “yonboshlagan” holda aylanishi sababi taxmin qilindi. Superkompyuter vositasida tadqiqot olib borgan olimlar bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Unga ko‘ra, sayyora uzoq o‘tmishda Yer hajmiga teng keladigan sayyora bilan to‘qnashib ketishi oqibatida “yonboshlab” qolgan, deyiladi Astrophysical Journal jurnalida e'lon qilingan maqolada.

"Biz superkompyuter yordamida Uranning boshqa sayyoralar bilan to‘qnashuvining 50 dan ortiq turli holatini ko‘rib chiqdik. Bunda planeta paydo bo‘lishi bilan bog‘liq shart-sharoitni aks ettirishga urindik. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, Uran "super-Yer" bilan to‘qnashgan, bu esa uning o‘qini o‘zgartirgan va bugungi kungacha davom etayotgan jarayonlarga turtki bergan", — deya hikoya qiladi Darem universiteti vakili Jacob Kegerreis. 

Uran — Quyosh tizimining "yonboshlagan holda" aylanadigan yagona sayyorasi hisoblanadi. 

Mavzuga oid