Sport | 02:11 / 04.07.2018
14887
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Angliya penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi

Jahon chempionati 1/8 finalining so‘nggi juftlik o‘yinida Angliya hamda Kolumbiya terma jamoalar kuch sinashdi.  "Otkritiye Arena" stadionida kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shicha bo‘limlari g‘olibni aniqlab bera olmadi – 1:1. 

57-daqiqada Harri Keyn penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yyerri Mina hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Penaltilar seriyasida esa inglizlarning qo‘li baland keldi – 3:4.

Kolumbiya – Angliya 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penalti - 3:4

Gollar: 0:1 – 57, penalti Keyn, 1:1 – 90 Mina.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas (Sapata, 116), Sanches, Lerma (Bakka, 62), Sanches (Uribe, 79), Kuadrado, Barrios, Kintero (Muriel, 88), Falkao.
Angliya – Pikford, Uoker (Reshford, 113), Stounz, Yang (Rouz, 102), Maguayr, Alli (Dayyer, 81), Lingard, Sterling (Vardi, 88), Xenderson, Tripper, Keyn.

Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Ogohlantirishlar: Barrios (41), Aryas (52), Sanches (54), Xenderson (56), Falkao (63), Bakka (64), Lingard (69), Kuadrado (118).

Mavzuga oid