Sport | 15:40 / 06.07.2018
20299
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA g‘orda qolayotgan taylandlik futbolchilarni JCh-2018 finaliga taklif etdi

Foto: Akkapol Chantawong/Facebook

Xalqaro Futbol federatsiyasi – FIFA JCh-2018 finaliga Tayland g‘orlaridan birida to‘silib qolgan yosh futbolchilar va ularning murabbiylarini taklif etdi. Bu haqda FIFA rahbari Janni Infantinoning ularga yo‘llagan maktubida yozilgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Maktub Tayland futbol assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan. 

«Agar, barchamiz umid qilganimizdek, ular yaqqin kunlarda o‘z oilalari bilan birlashsa va ularning salomatligi sayohat qilishga imkon bersa, FIFA ularni JCh-2018 finaliga bizning mehmonimiz sifatida Moskva taklif qilishdan xursand bo‘ladi», — deb qo‘shimcha qilgan Infantino.

Tashkilotga ko‘ra, ular 23 iyundan beri qutqaruv operatsiyasini kuzatib bormoqda. 

Foto: REUTERS

Futbol bo‘yicha jahon chempionati finali 15 iyul kuni Moskvaning «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid