O‘zbekiston | 19:21 / 06.07.2018
5311
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Instagram”da o‘z sahifasini ochdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining shaxsiy akkauntini ochdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Instagram” foydalanuvchilari O‘zbekiston TIV rahbari akkauntiga obuna bo‘lishlari va vazir faoliyati, uning uchrashuv va muzokaralari to‘g‘risida tezkor tasviriy ma'lumotlar olishlari mumkin”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda tashqi ishlar vazirining obunachilari soni 1400 nafardan ortgan.

Mavzuga oid