Qozog‘iston Kaspiy dengizida xorij harbiy bazalari joylashishiga yo‘l qo‘ymaydi
Qozog‘iston Kaspiy dengizida xorij harbiy bazalari joylashishiga ruxsat berishni rejalashtirmagan, rossiyalik jurnalist va ekspertlarning fikrlari ularning asl faktlardan bexabarligidan dalolat beradi, deyiladi Qozog‘iston TIV izohida.
TIV 2018 yil 2 iyul kuni "Vecher s Vladimirom Solovevym" tok-shousida ishtirokchilarning Qozog‘iston Kaspiyda harbiy bazalar joylashtirishga qaror qilgani haqidagi fikrlariga shunday izoh berdi.
Vazirlikning bildirishicha, "gap Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyat operatsiyalarida zarur bo‘ladigan Amerika yuklarini temiryo‘l orqali notijorat tranzit qilish haqida bormoqda".
"Xuddi shunga o‘xshash tranzit ilgari Rossiya tomonidan ham amalga oshirilgan. 2010-2015 yillarda aynan shunday yuklar Shimoliy tarqatish tarmog‘i shartlariga ko‘ra Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari orqali o‘tkazilgan. 2010 yilda imzolangan Qozog‘iston hududi orqali ko‘rsatilgan temiryo‘l tranzitini ta'minlash haqidagi Qozog‘iston-Amerika kelishuvida xuddi Rossiya-Amerika kelishuvida amal qilgan shartlar ko‘zda tutilgan", — deyiladi izohda.
TIVning ta'kidlashicha, yuqorida ko‘rsatilgan kelishuvga 2017 yil sentabrda imzolangan bayonnomada o‘tkazuv punktlari ro‘yxatiga Aktau va Kurik portlari qo‘shilgan.
"Kaspiyda Amerika yoki boshqa davlatning harbiy bazalarini joylashtirish haqida hech qanday gap yo‘q", — deyiladi izohda.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024