AQSh prokuraturasi 12 nafar rossiyalik razvedkachiga ayblov e'lon qildi
AQSh va Rossiya yetakchilarining Xelsinkidagi uchrashuviga 3 kun qolayotganda AQSh prokuraturasi Rossiya razvedka xizmatlarining 12 xodimiga ayblovlar e'lon qildi. Bu haqda AQSh bosh prokurori o‘rinbosari Rod Rozenstaynga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. Gap AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi kompyuter tizimining buzib kirilishi bilan bog‘liq ayblovlar haqida ketmoqda.
Demokratik partiyada bu buzib kirish prezident lavozimi uchun kurashga ancha ta'sir ko‘rsatganiga ishonilmoqda.
Rozenstaynning aytishicha, ayblanuvchilar Rossiya Bosh razvedka boshqarmasining 2 ta bo‘linmasi xodimlari hisoblanadi. Uning ta'kidlashicha, ayblanuvchilardan ba'zilari axborotni o‘g‘irlash, boshqalari esa uni tarqatish bilan shug‘ullangan.
Rozenstaynning ta'kidlashicha, u shu hafta boshida rossiyalik razvedkachilarga nisbatan ayblovlar qo‘yilishi haqida AQSh prezidenti Donald Trampga xabar bergan.
Xillari Klinton 2016 yilgi prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatida rossiyalik xakerlar va FQBni ayblagandi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:16 / 24.12.2024