O‘zbekiston | 00:55 / 13.07.2018
41366
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident taklif etgan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan OTM 2018/19 o‘quv yilidagi qabul ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha ravishda to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari quyidagicha belgilandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri hukumatdagi manbaga asoslangan holda xabar bermoqda. 

Joriy yilning 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona davlat universitetida anorchilik yo‘nalishi bo‘yicha ta'limni tashkil etish yuzasidan taklif bildirgandi. Unga ko‘ra, 2018/19 o‘quv yilidagi qabul ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha ravishda jami 25 nafar talaba Agronomiya yo‘nalishida o‘qishni boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Dronlari loyihalash va ekspluatatsiya qilish yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar, FarDU magistratura bosqichida Ixtiologiya va gidrobiologiya yo‘nalishida esa 6 nafar shaxs tahsil olishi belgilanmoqda. 

Ma'lumot uchun, qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ta'lim o‘zbek tilida bo‘lishi belgilanmoqda.​

Mavzuga oid