Iqtisodiyot | 21:08 / 14.07.2018
286066
4 daqiqa o‘qiladi

Sergeli mashina bozorida avtomobil narxlari qay holatda?

KUN.UZ tahririyatiga aholidan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar sabab avtomobil narxlari o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatlarda quyidagi savollar o‘rtaga tashlangan: avtomobil narxlari viloyat va Toshkent shahrida bir xil holatdami? 2019 yil 1 yanvardan xorij avtomobillariga boj kamaytirilar ekan, bu hozirdan narxlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqdami? 2018 yil iyun oyida RAVON avtomobillari Rossiyada bironta ham sotilmadi, shu sababli avtomobillar narxi arzonlashishi rostmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan Sergeli avtomobil bozorida  bo‘ldik.

Havo harorati issiqligiga qaramay bozorda savdo-sotiq avjida edi. Dastlab milliy avtomobillar narxlarini o‘rgandik. Barcha rusumdagi avtomobillarning bozor narxlarini qayd qilishga harakat qildik. Avtomobil narxlari AQSh dollarida keltirilgan.

2006 yil ishlab chiqarilgan va 300000 km yurgan Matiz’ning 1-pozitsiya Best avtomobili 3700 AQSh dollari;

2015 yil ishlab chiqarilgan va 48000 km yurgan Matiz’ning 2-pozitsiyasi  4800 AQSh dollari;

2010 yil ishlab chiqarilgan va 206000 km yurgan Spark’ning 2-pozitsiyasi 5300 AQSh dollari;

2016 yil ishlab chiqarilgan va 34000 km yurgan Matiz’ning 3-pozitsiyasi 5800 AQSh dollari;

2014 yil ishlab chiqarilgan va 3000 km yurgan Nexia’ning 2-pozitsiyasi 7800 AQSh dollari;

2018 yil ishlab chiqarilgan va 7200 km yurgan Spark mashinasining 2-pozitsiyasi egasi tomonidan 8800 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.

2012 yil ishlab chiqarilgan va 283000 km yurgan Lacetti’ning 1-pozitsiyasi 8900 AQSh dollari;

2015 yil ishlab chiqarilgan va 26000 km yurgan Cobalt’ning 2-pozitsiyasi 8800 AQSh dollari;

2016 yil ishlab chiqarilgan va 84000 km yurgan Lacetti’ning Gentra 1-pozitsiyasi  11000 AQSh dollari;

2015 yil ishlab chiqarilgan va 8500 km yurgan Nexia-3 ning 4-pozitsiyasi 11500 AQSh dollari;

2013 yil ishlab chiqarilgan va 111000 km yurgan Lacetti’ning 3-pozitsiyasi 11500 AQSh dollari;

2017 yil ishlab chiqarilgan va 29000 km yurgan Lacetti mashinasining 3-pozitsiyasi  15500 AQSh dollari;

2013 yil ishlab chiqarilgan va 50000 km yurgan Malibu’ning 3-pozitsiyasi 18500 AQSh dollari;

2015 yil ishlab chiqarilgan va 32000 km yurgan Captiva’ning 3-pozitsiyasi 22500 AQSh dollari;

2017 yil ishlab chiqarilgan va 9000 km yurgan Malibu’ning 2-pozitsiyasi 34000 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.

Narxlar bilan tanishayotgan vaqtimizda nafaqat zamonaviy avtomobillar, balki antikvariat turkumiga kiruvchi Volga-21 avtomobili diqqatimizni tortdi. Avtomobil 1969 yil ishlab chiqarilgan va 70000 km yurgan. Hozirda 15000 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.

Xorijiy avtomobillar niarxlari bilan ham, tabiiyki, qiziqib ko‘rdik va quyidagi narxlarning guvohi bo‘ldik.

2007 yil ishlab chiqarilgan va 270000 km yurgan Volswagen Possat 12000 AQSh dollari;

1992 yil ishlab chiqarilgan va 300000 km yurgan Mercedes 600 S pozitsiyasi 13000 AQSh dollari;

2016 yil ishlab chiqarilgan va 30000 km yurgan Toyota Corolla  32000 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.

2009 yil ishlab chiqarilgan va 65000 km yurgan BMW X6’ning America pozitsiyasi  48000 AQSh dollari;

Hozirgi kunda avtomobillar narxlari 8 iyul kuni bo‘yicha bozor holati shunday ko‘rinishda.

Mavzuga oid