Sport | 10:44 / 14.07.2018
32620
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 finalida jahon kubogini maydonga kimlar olib chiqishi ma'lum qilindi

Foto: TASS/Getty Images

Rossiyada o‘z poyoniga yetib qolgan jahon chempionatining final uchrashuvida jahon kubogini maydonga tantanali ravishda rossiyalik model Natalya Vodyanova va nemis futbolchisi, 2014 yilgi jahon chempioni Filipp Lam olib chiqishadi. Bu haqda FIFA saytida ma'lum qilindi.

Kubok maxsus keysda joylashtiriladi. Keysning zamogi va ilgagi ruteniy metallidan tayyorlangan bo‘lib, bu metall Rossiya sharafiga shunday atalgan va kimyoviy elementlar davriy jadvalida Ru simvoli bilan belgilangan.

Final 15 iyulda Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiya va Xorvatiya jahon chempioni unvoni uchun kurash olib boradi.

Mavzuga oid