Light | 10:10 / 16.07.2018
48006
2 daqiqa o‘qiladi

Yozda eng foydali meva ma'lum qilindi 

Foto: MedikForum

Shifokorlar iste'mol qilishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, qorag‘atni (smorodina) faol iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda. Qorag‘at ko‘plab vitamin va foydali moddalarga ega bo‘lib, organizm uchun juda foydalidir. Qorag‘atning iste'moli bir qator davolovchi effektlarga ega.

Jumladan, bu o‘ta vitaminlashgan rezavor meva tufayli qon va tomirlar holati yaxshilanadi, qon bosimi me'yorlashadi. Tibbiy mutaxassislarning aytishicha, gipertoniklar qorag‘at iste'mol qilish evaziga yozning issiq kunlari qon bosimlari oshib ketishidan o‘zlarini himoya qilishlari mumkin. Biroq qon bosimi pasayishi bilan bog‘liq muammolarda qorag‘atni kam miqdorda iste'mol qilish lozim. 

Qorag‘at shuningdek og‘iz bo‘shlig‘idagi mikrobiomga ijobiy ta'sir qiladi. Uning tarkibida stomatit, kariyes, galitozning oldini oluvchi kvertitsin moddasi mavjud.

Yurak kasalligidan aziyat chekuvchilarga har kuni qorag‘at yoki uning sharbatini iste'mol qilish juda foydalidir, chunki u kaliyga ham boy. Qorag‘at siydik haydovchi xususiyatga ega bo‘lib, oyoq shishlarida yordam beradi.

Qorag‘at, shuningdek, oshqozon-ichak holatini ham yaxshilar ekan. Qorag‘atning har qanday turi, xoh qizil, qora, oqi bo‘lsin, peristaltikani yaxshilaydi, ichakka nomaqbul va xavfli moddalardan samarali tozalanishda yordam beradi.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, qorag‘at stress va tushkun holatlardan aziyat chekuvchilarga ham koni foyda. 

Mavzuga oid