O‘zbekiston | 12:00 / 16.07.2018
9867
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva va sabzavotlari Irkutsk viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishi mumkin 

Foto: fishki.net

O‘zbekiston Respublikasi meva va sabzavotlarni Irkutsk viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni taklif qildi, deb xabar beradi hudud hukumatining matbuot xizmati.

Bu haqda gubernator Sergey Levchenko bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuvda suhbat bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston meva va sabzavotlari ortilgan mashinalar Novosibirsk shahriga kelib, bojxonadan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng, mahsulotlar ulgurji bozorga yetkazilmoqda, u yerda esa mahsulotlarni Irkutsk korxonalari xarid qilishadi. Agar bu korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilsa, meva va sabzavotlar tezroq yetkazib berilgan bo‘lardi.

«Biz bu yerga eski aloqalarni tiklash uchun keldik. Meva va sabzavotlarni, birinchi navbatda piyozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz. Biz ikki tomonlama savdoning rivojlanishidan manfaatdormiz», - degan uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov.

Irkutsk gubernatori mutasaddi vazirliklar va «Rosselxoznadzor» tashkilotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish masalasini hal qilishni topshirgan.

Avvalroq, transport-logistika infratuzilmasining sust rivojlangani, tez buziladigan mahsulotlarni saqlash terminallarining yo‘qligi, uch kungacha vaqt oladigan bojxona rasmiyatchiligi tufayli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmay qolgan edi. Hozirgi kunda u 24 soatgacha qisqargan, transport va logistika muammolari yechilgan. Irkutsk bojxonasi ham O‘rta Osiyodan yetkazilayotgan mahsulotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtira olyapti.

Mavzuga oid