O‘zbekiston | 12:40 / 17.07.2018
40416
2 daqiqa o‘qiladi

Dehqonning ohu-zorlarini eshitishdi: «O‘zagroeksport»ning narx siyosatini bekor qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida investitsion muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorlandi.

Hujjat O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat strukturalarining mas'uliyatini oshirish maqsadida qabul qilinmoqda.

Agar farmon prezident tomonidan imzolansa, O‘zbekistonda eksport shartnomalarini tuzishning «O‘zagroeksport» AJ tomonidan e'lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan majburiy tartibi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarining «O‘zagroeksport» AJ rasmiy veb saytida e'lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan, eksport kontraktlari imzolanmasdan, invoys asosida, bojxona rasmiylashtirilishi bekor qilinadi.

Ilgari «Kun.uz» ayni paytda eksport shartnomalari u imzolangan kunda «O‘zagroeksport» AJ rasmiy saytida e'lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan baholarda tuzilishi haqida yozib chiqqan edi.

Bu holda o‘z mahsulotlarini bozor va kelishilgan narxlarda sota olmagan tadbirkorlar ziyon ko‘rgan edi.

Mavzuga oid