Jahon | 00:09 / 22.07.2018
5807
1 daqiqa o‘qiladi

Fiat rahbari lavozimini tark etdi

Foto: globallookpress

Fiat Chrysler Automobiles (FCA) avtokonserni bosh direktori Serjio Markionne salomatligi tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Jeep markasi rahbari Mayk Menli tayinlangan.

Kompaniya Markionnening salomatligi yomonlashgani, buning oqibatida u “ishga qayta olmasligidan chuqur qayg‘udaligi”ni ma'lum qilgan.  

Kompaniya faoliyatida to‘xtashlar bo‘lmasligi uchun direktorlar kengashi yangi rahbarga barcha vakolatlarni bergan. 

Fiat kompaniyasi 1899 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Fiat, Lancia, Alfa Romeo, Abarth, Ferrari va Maserati brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi. 2016 yil yanvarda kompaniya Chrysler kompaniyasining oxirgi aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzolaganini e'lon qilgan. Ikki kompaniyaning birlashishi 2018 yilda tugashi kutilmoqda.

Mavzuga oid