Sport | 21:30 / 22.07.2018
3546
1 daqiqa o‘qiladi

Hemilton «Formula-1»ning Germaniya bosqichi g‘olibi bo‘ldi 

Foto: TASS

“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton “Formula-1” poygasining Germaniya bosqichida 14-o‘rindan start olib, g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. 

2-o‘rinni uning jamoadoshi Valteri Bottas qo‘lga kiritdi. Marraga uchinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Kimi Raykkonen keldi. Butun poyga davomida yetakchilik qilgan Sebastyan Fettel 52-aylanada boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, trassadan chiqib ketgan.

Xemilton ushbu g‘alaba evaziga 188 ochko bilan umumiy jadvalda yana 1-o‘ringa qaytdi. Fettel 171 ochko bilan 2-o‘ringa tushib ketdi. 3-o‘rinni 131 ochko bilan Raykkonen egallamoqda.

Mavzuga oid