Sport | 17:17 / 23.07.2018
12513
1 daqiqa o‘qiladi

Lunin «Real» bilan shartnomaga imzo chekdi

Foto: Real Madrid C.F.

«Real» 19 yoshli darvozabon Andrey Lunin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda madridliklar «tvitter» sahifasi bergan xabarga ko‘ra, kelishuvni imzolashda klub prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etgan.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi ukrainalik posbon transferi haqida bundan bir oy ilgari – 22 iyun kuni e'lon qilgandi. 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma bugundan kuchga kirdi.

Marca xabariga ko‘ra, «Real» Lunin uchun «Zare» klubiga 8,5 million yevro to‘lagan.

O‘tgan mavsumda darvozabon Lugansk klubi safida barcha musobaqalar doirasida 36 o‘yinda maydonga tushib, 54ta gol o‘tkazib yuborgan, 10ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgandi.

Mavzuga oid