Jamiyat | 09:23 / 23.07.2018
114374
2 daqiqa o‘qiladi

«Mersedec»da bir odamni boshini yegan ablahga ming la'nat». Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning vafoti yuzasidan munosabat bildirdi

Foto: Facebook/Farangiz Rejametova

Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani ma'lum qilingan edi.

Rejissyor Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning YTHda halok bo‘lganiga  munosabat bildirdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

“Musibat va alam. Bir nechta filmlarda suratga tushgan aktrisa Fotima Rejametovani yoshgina qizi Farangiz (u «Oyijon» filmida esda qoldi) avtomashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘ldi... Ota va onasiga sabr tilayman, bandalik... Alam? Ha, alam va g‘azab. O‘sha «Mersedes»da tezlikni oshirib yurgan va bir odamni boshini yegan ablahga ming la'nat. Bunaqa jinoyatchilarni ayab bitta odamni mashinasida o‘ldirgani uchun atigi 7 yil, ikkita va undan ortiq odam o‘lsa atigi 10 yil qamoq jazosini o‘ylab topgan qonunchilarga uyat. 

O‘lganga va uning yaqinlariga ularni jigari nimadan o‘lgani baribir: pichoqdanmi yoki g‘ildirakdanmi. Natija butun boshli bir inson yo‘q bo‘ldi. Agar haydovchi odam urib yuborsa, 25 yil hech qanaqa amnistiyasiz qamalishini bilsa, o‘shanda ming marotaba o‘ylab ko‘radi, tezlikni oshirishni, og‘ziga spirt ichimlikni olishni ham o‘ylab ko‘radi... Lekin qonunchilar piyoda yurishmaydi, ular yozda konditsionersiz avtobusda ham yurishmaydi, ularni hovlisidagi chinorlarni ham kesishmaydi, pensiyasini ham bir-ikki parcha qog‘oz deb yillab mehnatini kesishmaydi...”, - deydi rejissyor Zulfiqor Musoqov.

Mavzuga oid