Jamiyat | 13:19 / 23.07.2018
11879
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qariyb 15 ming dollarni o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2017 yil 15 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi N.N. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu kuni noma'lum shaxs uning uyiga eshigini buzish yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 14 900 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Katta-hayot mahallasida yashovchi D.T. va Bahor mahallasida yashovchi D.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Mavzuga oid