Jahon | 21:51 / 24.07.2018
9329
1 daqiqa o‘qiladi

Dominikana sohillariga tonnalab chiqindilar suzib kelmoqda

Sayyohlar orasida plyajlari bilan mashhur bo‘lgan Dominikana Respublikasi poytaxti San-Domingo sohillariga tonnalab chiqindilar suzib kelmoqda. 

500 dan ko‘proq kishi 60 tonna plastik yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq chiqindilar hajmi kamaymayapti – plyajlarga har kuni yangi chiqindilar suzib kelmoqda.

Mahalliy aholi buni shahar yaqinida suzuvchi ko‘prik qurilishi sababli yuza oqimi yo‘nalishining o‘zgarishi bilan bog‘lashmoqda.

Mavzuga oid