Sport | 22:04 / 24.07.2018
5906
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Antonio Konte «Milan»ni boshqarishga rozilik berdi

Foto: Getty Images

So‘nggi 2 yil davomida «Chelsi»da faoliyat yuritgan Antonio Konte «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

Bu haqda Premium Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «rossoneri»ning bo‘lajak texnik direktori Leonardo italiyalik mutaxassisga taklif bilan chiqqan, murabbiy esa bu taklifni qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kontening avvalgi ish joyi «Chelsi» bilan yuridik muammolari bor. Murabbiy London klubidan uni juda kech iste'foga chiqargani uchun tovon puli undirmoqchi. Bu jarayon bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil noyabr oyidan buyon «Milan»ga Jyennaro Gattuzo bosh murabbiylik qilmoqda.

Bugun, shunindek, «Milan»ning amaldagi sport direktori Massimiliano Mirabelli o‘z lavozimini tark etgani ham ma'lum bo‘ldi. Mirabelli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xayrlashuv maktubi e'lon qilib, unda klubdagi 15 oylik faoliyati davomida qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini ta'kidlagan.

Mirabelli 2017 yilda yaqinda ishdan bo‘shatilgan Marko Fassone bilan bir vaqtda klub rahbariyatidan joy olgandi.

Mavzuga oid