Turkiya parlamenti terrorchilikka qarshi kurash haqidagi qonun loyihasini qabul qildi
Turkiya parlamenti mamlakatda o‘tgan haftada favqulodda vaziyat tartibi yakunlangandan keyin terrorchilikka qarshi kurashish haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi.
Turkiyada 19 iyulda 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin kiritilgan favqulodda vaziyat tartibi bekor qilindi.
Ma'lum qiliniishicha, qonun loyihasi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi hamda Milliy harakat partiyasi qo‘llab-quvvatlovida tasdiqlangan. Qonun loyihasini parlamentning 284 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, 95 nafari qarshi ovoz bergan, bir kishi betaraflik bildirgan. Keyingi qadam qonunning prezident tomonidan rasman tasdiqlanishi bo‘lishi kerak. Shundan keyin u e'lon qilinadi.
Qonun loyihasi gubernatorlar va xavfsizlik xizmatlariga ular favqulodda vaziyat tartibi vaqtida ega bo‘lgan ba'zi vakolatlarni yana uch yilga beradi. Bundan tashqari, qonun Turkiya qurolli kuchlari, politsiya, jandarmeriya xodimlari va davlat xizmatchilarining terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada ekanliklari aniqlansa, hukumatga ularni iste'foga jo‘natish huquqini beradi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024