Jamiyat | 09:00 / 26.07.2018
6296
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ekopen: 10 yillik muvaffaqiyat

Foto: Ekopen

Ekopen O‘zbekiston bozoridagi o‘n yillik faoliyatini nishonladi, yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi hamda brend rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan insonlarni tanishtirdi.

Donishmandlar shunday deyishadi: haqiqiy erkak umri davomida daraxt ekishi, o‘g‘il o‘stirib, uy qurishi lozim. Uy qurganga yarasha esa uni katta, chiroyli va bir oila uchun uzoq yillar xizmat qila oladigan qilib qurish kerak. Biroq uydagi ma'lum bir nuqsonlar, masalan, sifatsiz deraza va eshiklar uy egasining qulaylik borasidagi orzu-umidlarini chippakga chiqarishi mumkin. Axir baxtli oilaning kelajagi uchun sifatdan tejash mumkinmi?

Foto: Ekopen

Mana 10 yildirki, Ekopen O‘zbekistondagi oilalarga qulaylik ulashib kelmoqda. Shu yillar mobaynida mazkur brend o‘n minglab oilani qishda sovuqdan, jaziramada esa issiqdan himoya qilib kelmoqda. Ularga na shamol, na yomg‘ir xavf sola oladi. Shuningdek, ular osudalikni saqlay olishi va betakror dizayndagi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qani ayting-chi, bunday qulaylikdan so‘ng kimga g‘ichirlaydigan yog‘och derazalar kerak bo‘lar ekan?

Joriy yilda Ekopen O‘zbekiston bozoridagi omadli faoliyatini o‘n yilligini nishonlamoqda. Bugun bu brend deraza va eshiklar uchun PVX profillarini ishlab chiqarishda tan olingan yetakchi kompaniyalardan biri sanalib, nafaqat iste'molchilar, balki hamkorlarning ham qalbidan mustahkam joy olgan. Kompaniya xodimlari – bu 500dan ortiq o‘z ishining ustalari va xaqiqiy sifat tarafdorlaridir.

Foto: Ekopen

Iste'molchilarning qalbidan joy olish juda mashaqqatli va murakkab bo‘lgan. Yillar o‘tishi bilan texnologiyalar rivojlandi, brend o‘zgardi, ammo bir narsa o‘zgarishsiz qoldi. Bu kompaniyaning maqsadi – ya'ni mahsulot va ko‘rsatiladigan servis sifatini to‘liq ta'minlash.

Ekopen hozirda ham o‘z falsafasiga sodiq qolmoqda: kompaniya zamonaviy va ekologik PVX profillarni Germaniyaning taniqli Veka kompaniyasi xom ashyosidan ishlab chiqarmoqda. Buning natijasida kompaniya nafaqat sifatni ta'minlamoqda, balki ijtimoiy mas'uliyatni his qilgan holda faoliyat olib bormoqda.

Foto: Ekopen

Kim uchundir bu profil shunchaki plastik, Ekopen hamkorlari uchun esa kasbning ijodkorlik vositasidir. Tsexning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bilimli mutaxassislari qalb qo‘ri bilan deraza va eshiklarni yasab, iste'molchilarga uzoq vaqt xizmat qiladigan brend yuzini yaratishga xizmat qilmoqda.

Foto: Ekopen

O‘n yillar mobaynida Ekopen markasi sezilarli rivojlandi. So‘nggi yillarda kompaniya o‘z pozitsiyasini tubdan o‘zgartirdi, iste'molchilarga o‘zini yangi talqinda namoyon qildi va 2017 yilda rebrending o‘tkazdi. Endi Ekopen kelajakka yo‘nalgan brendga aylandi. U iste'molchi uchun nafaqat sifatini, individiual xizmatni to‘liq kafolatlaydi, balki har bir hamkorini qadrlaydi, raqobatchilarini hurmat qiladi.

Bunday o‘zgarishlar tez orada natija berdi: Ekopen turli tanlovlar sovrindori bo‘ldi. ADWEEK 2018 — marketing va reklama haftaligi doirasida Ekopen «Eng yaxshi brending», «Eng yaxshi kreativ» yo‘nalishlari bo‘yicha oliy mukofotga loyiq ko‘rildi, shuningdek, «PR» va videorolikning «Kraft» yo‘nalishlari sovrindori bo‘ldi.

Foto: Ekopen

World Build Tashkent-2018 ko‘rgazmasida kompaniya o‘z ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdi. Ekopen ikki qavatli stend barpo qildi va stendda klassik, barokko, hay-tek kabi usullardagi deraza va eshiklarni namoyish etdi. Hay'at a'zolari unga «Eng yaxshi korporativ dizayn» mukofotini berdi. Milliy marketing markazi tomonidan plastik oynalar va profillar yo‘nalishida «Yil brendi» sovrini berilishi esa kompaniyaning yubileyiga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.

Foto: Ekopen

Bularning barini biron bir xodim, hamkor va xaridorning hissasisiz amalga oshirib bo‘lmasdi. Boz ustiga, bozordagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga qaramasdan, innovatsiyalarni va biznesdagi inqilobiy yechimlarini joriy etishga erishishning, muvaffaqiyatning asosiy siri — bu Ekopen'ga ishonch bildirgan insonlardir.

Yutuq soyasida qolib ketishiga qaramasdan, ana shu insonlar Ekopen brendining insoniy timsollari hisoblanadi.

Foto: Ekopen

Akmal Muratov,

Bosh direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari:

 — Faoliyatimning bir qismi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Profillar ishlab chiqarishda biz yetakchi nemislar tomonidan ishlab chiqariluvchi Veka’ning yuqori sifatli xom ashyosidan foydalanamiz. Ishonchimiz komilki, bizning derazalar uzoq yillar xizmat qilishi bilan birga, xaridorlarni mamnun qiladi.

Foto: Ekopen

Boris Florentsov,

Mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirish departamenti rahbari:

— Bizning asosiy maqsadimiz - iste'molchining ehtiyojini maksimal qondirishdir. Bunga erishish esa oson ish emas. Axir, har bir inson individual. Biz esa ularning ko‘ngliga mos keladigan eng yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga harakat qilamiz.

Foto: Ekopen

Nurxon Ardali,

savdo bo‘limi boshlig‘i:

— Men bu yerda Ekopen’ga asos solingan kundan beri faoliyat yuritaman. Bunday uzoq vaqt mobaynida men qurilish sohasida katta o‘zgarishlarni va bu sohada raqobatning yildan-yilga jadallashayotganiga guvohi bo‘ldim. Ammo aynan raqobat tufayli kompaniya o‘tgan vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish aylanmasini oshirib bordi. Uzoq yillar tinim bilmay ishlash natijasida kompaniya ishonchli xodimlar va mijozlarga ega bo‘ldi.

Foto: Ekopen

Kamilla Xusainova,

Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 2-bosqich talabasi:

— Men Ekopen’ning yangi xodimiman. Kompaniya mening muvaffaqiyatimga aylandi. Hali oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan bo‘lsamda, kompaniya mendagi tajriba orttirish istagini ko‘ra oldi va menga imkoniyat yaratib berildi. «Ekopen» yoshlar uchun tajriba orttirish va istiqbolli ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim qiluvchi kompaniyadir.

Foto: Ekopen

Umid Kamilov,

PVX deraza va eshik ishlab chiqaruvchi:

— «Ekopen» kompaniyasi bilan 10 yildan beri hamkorlik qilaman. Kompaniya bizni, ya'ni, deraza va eshik ishlab chiqaruvchilarni to‘laqonli hamkor sifatida qadrlaydi.

Birgalikda amalga oshirilgan sa'y-harakatlar tufayli kompaniya PVX deraza profillari bozorida yetakchi o‘rinlarni saqlab kelmoqda va xususiy biznesni rivojlantirish bilan birga iste'molchilarning sifat borasidagi istaklarini ta'minlamoqda.

Foto: Ekopen

Sherzod Shobilolov,

iste'molchi:

— Men bundan yetti yil avval Ekopen derazalarini xarid qilgandim. Sifatidan esa juda mamnunman. Kompaniyaning deraza profillari 100 foiz qulaylikni ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid