Jahon | 08:24 / 27.07.2018
5423
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp «Rossiya ishi»ga tvitter yordamida xalaqit berishga uringanlikda gumonlanmoqda

Foto: TASS

Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlarga aralashuvi bo‘yicha ishga rahbarlik qilayotgan maxsus prokuror Robert Myuller jamoasi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning tvitterdagi sahifasini o‘rganmoqda. Ular «Rossiya ishi»ga xalaqit berish bo‘yicha harakatlarni aniqlashmoqchi. Bu haqda The New York Times gazetasi uch manbaga asosan xabar qilmoqda.

Manbalar so‘zlariga ko‘ra, Trampning bosh prokuror Jyeff Seshns va FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi haqidagi tvitlari shubhaga sabab bo‘lgan. Ularning qayd etishicha, prezident o‘z tvitteridagi xabarlar orqali guvohlarni qo‘rqitgan yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini surishtiruvdan voz kechishga majburlagan bo‘lishi mumkin. 

Gazetadan ta'kidlashlaricha, Myuller Trampdan uning tvitlari, shuningdek, boshqa chiqishlari haqida so‘ramoqchi.

Mavzuga oid